Rimning «Roma» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo yangi mavsumda jamoaga kerak bo‘lmaydigan futbolchilar ro‘yxatini tuzib chiqdi. Bu haqda rimliklarning tvitterdagi rasmiy sahifasida xabar berilgan. Bular Pedro, Xavyer Pastore, Stiven N’Zonzi, Jastin Klyuyvert, Vilyam Bianda, Ante Chorich, Davide Santon va Federiko Fasio.
OAV xabarlariga ko‘ra, yuqoridagi futbolchilar «bo‘rilar» ustozi Joze Mourinyoning rejalariga kiritilmagan. Ehtimol, «Roma» transferlar mavsumida mazkur futbolchilarni sotib yuborishi mumkin.