UFC 264 toifasi doirasida kechadigan Konor Makgregor va Dastin Porye o‘zaro jangdan qancha daromad olishi ma’lum qilindi. Bu haqida ingliz nashrlari xabar bermoqda.
Unga kora, UFC’ning ikki vazn toifasidagi chempioni Konor Makgregor mazkur jangdan kamida 3 million dollar ishlab oladi. Translyasiyadan tushadigan daromad hisobiga bu ko‘rsatkich 10 million dollargacha oshishi mumkin. Konorning amerikalik raqibi Dastin Porye esa jangdan 3 million dollar gonorar oladi.
Eslatib o‘tamiz, Porye–Makgregor jangi Amerika Qo‘shma Shtatlarining Las-Vegas shahridagi T-MOBILE arenasida bo‘lib o‘tadi. Jang 11 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 05:00 da boshlanadi.