Futbol

«Tottenxem» «Real» va «Chelsi»ning rejalarini buzib yuborishi mumkin

221

«Sevilya» futbolchisi Jyul Kunde yangi mavsumni boshqa jamoa safida boshlashi mumkin. 23 yoshli fransuz futbolchisiga APL va La liganing bir qancha grandlari qiziqish bildirmoqda. Bular – «Real», «Chelsi» va «Tottenxem». Mazkur jamoalar Jyulning transferi bo‘yicha jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Lekin, mazkur klublar orasida faqatgina, «Tottenxem» ispan klubi aytgan summani berishga tayyor. «El Desmarque» nashrining xabariga ko‘ra, «shporlar» Kunde uchun 55-60 million yevro atrofida taklif qilishga tayyorlanmoqda.

«Estadio Deportivo» nashrining yozishicha «Sevilya» Kundeni 60 million yevrodan kamiga sotmaydi.

Eslatib o‘tamiz, Jyul o‘tgan mavsum La ligada 34 uchrashuvda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishgan.

«Tottenxem» «Real» va «Chelsi»ning rejalarini buzib yuborishi mumkin

Fikr bildirish