Futbol

Ronaldu to‘rtinchi marta tengsiz deb topildi

180

“Yuventus” va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu to‘rttinchi marta ESPY mukofotining “Chet ellik eng yaxshi sportchi”, “Erkaklar futboli” sovrinlarini qo‘lga kiritdi. Ushbu mukofot Amerikaning ESPN telekanali tomonidan topshiriladi.

 

“Men ushbu ajoyib mukofot uchun minnatdorman. Bu muxlislar orasida ovoz berish yo‘li bilan beriladi, shuning uchun bu sovrin men uchun yana ham o‘ziga xosdir. Katta rahmat. Sovrin topshirish marosimida shaxsan o‘zim ishtirok etmoqchi edim, ammo afsuski, bunday qila olmayman”, – deydi Ronaldu.

36 yoshli Ronaldu o‘tgan mavsum “Yuventus” tarkibida barcha musobaqalarda 44 uchrashuv o‘tkazib, 36 gol urgan va to‘rtta golli pas bergan. Uning klub bilan shartnomasi 2022-yilning yozigacha amal qiladi.

Fikr bildirish