Futbol

Malumki, kelasi yil bo’lib o’tadigan U-23 Osiyo chempionatiga O’zbekiston mezbonlik qiladi.

197



Malumki, kelasi yil bo'lib o'tadigan U-23 Osiyo chempionatiga O'zbekiston mezbonlik qiladi.

U-22mi yoki U-19? Osiyo chempionatida bizdan kim qatnashadi?

Teglar : 
U-23U-23 Osiyo chempionati
Malumki, kelasi yil bo’lib o’tadigan U-23 Osiyo chempionatiga O’zbekiston mezbonlik qiladi.

Mazkur musobaqa 1-19 iyun kunlariga belgilangan. Bilasiz, U-23 Osiyo chempionati har ikki yilda o’tkazib kelinadi. 2020 yil Tailand mezbonlik qilgan musobaqada kurash Olimpiada yo’llanmasi uchun kechgandi. Kelasi yil bizda bo’lib o’tadigan musobaqa esa Olimpiadaga yo’llanma bermaydi. Yani biz 2018 yil Xitoyda o’tkazilgan musobaqada chempion bo’lib, Olimpiya o’yinlariga bormaganimiz kabi.

Xabaringiz bor, 9 iyul kuni "Bunyodkor" stadionida mazkur musobaqaning saralash bahslariga qura tashlandi. Garchi O’zbekiston musobaqa mezboni bo’lsa-da, futbolchilar o’yin amaliyotiga ega bo’lishi uchun saralash o’yinlarida ishtirok etadi. Faqat jamoamizning natijalari hisobga o’tmaydi. Biz saralash bosqichini "D" guruhida Saudiya Arabistoni, Bangladesh va Quvaytga qarshi o’tkazamiz. Guruhdagi barcha uchrashuvlar Quvaytda o’tkaziladi. 

27.10.2021. Saudiya Arabistoni – O’zbekiston

29.10.2021. O’zbekiston – Bangladesh

31.10.2021. Quvayt – O’zbekiston

Malumki, kelasi yil bo'lib o'tadigan U-23 Osiyo chempionatiga O'zbekiston mezbonlik qiladi.

Xullas saralashdagi o’yinlar taqvimi va joyi aniq. Faqat bizdan qaysi jamoa Quvaytga boradi, kelasi yil U-23 Osiyo chempionatida qaysi jamoa qatnashadi degan savol ochiq qolyapti. 

Malumki, bizda U-22 terma jamoasi ham, U-19 terma jamoasi ham bor. O’zbekiston U-22 jamoasiga Ravshan Haydarov murabbiylik qilmoqda. U-19 jamoamiz bosh murabbiyi esa Timur Kapadze hisoblanadi. 

Qoida bo’yicha U-23 Osiyo chempionatida Ravshan Haydarov boshqaruvidagi jamoa ishtirok etishi kerak, demak saralash o’yinlariga ham shu jamoa borishi lozim. Biroq 2024 yil o’tkaziladigan U-23 Osiyo chempionatida (bu turnir Olimpiadaga yo’llanma beradi) Timur Kapadze qo’l ostidagi O’zbekiston U-19 terma jamoasi qatnashishini hisobga olsak, balki keyingi yil ularni qita birinchiligida o’ynatib ko’rgan maquldir degan fikr yuzaga keladi.

SHu mazmunda Telegram kanalimizga so’ronovma qo’ygandik. 12 mingdan ziyod o’quvchi ishtirok etgan so’rovnoma natijalariga ko’ra, 43 foiz muxlis U-23 Osiyo chempionatida Timur Kapadze jamoasi qatnashishi kerak degan variantni belgilagan. 32 foiz muxlis esa Ravshan Haydarov shogirdlari qatnashishi lozim variantini ilgari surgan. SHuningdek, so’rovnomada qatnashchilarining 25 foizi "Menga farqi yo’q" degan variantda to’xtalgan.

Malumki, kelasi yil bo'lib o'tadigan U-23 Osiyo chempionatiga O'zbekiston mezbonlik qiladi.
			 

Toshkentda bo’lib o’tgan qura marosimida Timur Kapadze ko’rinmadi, Ravshan Haydarov esa ishtirok etdi. Bundan ko’rinib turibdiki, ushbu murabbiy bekorga tadbirga bormagan. Haydarov U-22 terma jamoamiz bosh murabbiyi sifatida qura jarayonini diqqat bilan kuzatgan va bo’lajak raqiblarini o’rgangan deyish mumkin. 

Saralashda va kelasi yilgi musobaqaning o’zida bizdan qaysi jamoa ishtirok etishi hamon ochiqligicha qolmoqda. Ravshan Haydarov saytimizga bergan intervyusida bu masalani O’FA hal qilishini aytib o’tdi, shuningdek agar U-22 jamoasi qatnashmaydigan bo’lsa, futbolchilar xalqaro o’yin amaliyotisiz qolishini takidladi. 

Bu tomondan murabbiyni ham tushunsa bo’ladi. CHunki o’z jamoasi uchun qayg’uryapti. Agar saralashga va undan keyin musobaqaning o’ziga U-22 jamoasi qo’yilmaydigan bo’lsa, futbolchilar xalqaro o’yin amaliyotisiz qolishi aniq. Biroq ikkinchi tomondan kelasi yilgi musobaqa Olimpiadaga yo’llanma bermaganidan keyin balki U-19 terma jamoasini o’ynatgan maquldir. SHunda Timur Kapadze qo’l ostidagi futbolchilar turnir orqali pishib olishadi hamda 2024 yil bo’lib o’tadigan U-23 qita birinchiligiga pishgan holda borishadi.

Xullas, bu borada soatlab bahslashib, har ikki tomonni ham haq sifatida ko’rsatsa bo’ladi. Yakuniy qarorni esa O’FA qabul qiladi. 

Malumki, kelasi yil bo'lib o'tadigan U-23 Osiyo chempionatiga O'zbekiston mezbonlik qiladi.
			Muallif : Xayrulla Xoliqov

Fikr bildirish