Futbol

Ronaldu endi avvalgiday maosh olmaydi

170

«Yuventus» va hujumchi Krishtianu Ronaldu yaqin haftalarda shartnomani uzaytirish masalasini muhokama qilmoqchi.

Tomonlar kelishuvni 2023 yilgacha uzaytirish bo‘yicha muzokaralar olib boradi, deya ma’lum qildi insayder Nikolo Skira.

Yangi kelishuvga binoan Ronalduning maoshi o‘zgarishi mumkin. Amaldagi shartnomaning qolgan yilida portugaliyalik 31 million yevro o‘rniga yiliga 20 million yevro olishni boshlashi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Krishtianu o‘tgan mavsum A Seriyada 29 ta gol bilan turnir to‘purariga aylandi. Shuningdek, u 5 ta gol urib, Yevro-2020ning eng yaxshi goleadori ham bo‘ldi. 

Fikr bildirish