Dunyoning birinchi raketkasi, serbiyalik Novak Jokovich besh yil kutilgan yozgi Olimpiya o’yinlarida ishtirok etish maqsadida Tokio shahriga uchib ketdi.
“Men uchun Olimpiadada o’z Vatanim sharafini himoya qilish ulkan sharaf. Tokioda ko’rishguncha!”, – deya o’zining Instagram sahifasida surat va uning ostida izoh qoldirgan Jokovich.