Boks/MMA

Bugun, 25 iyul kuni Tokio Olimpiadasining ikkinchi kun bahslari o’tkazilmoqda.

208

YANGILASH

13:45. Ulug’bek Rashitovning finaldagi raqibi aniq bo’ldi. U oltin medal uchun britaniyalik Bredli Sindenga qarshi dayanga chiqadi. Bahs Toshkent vaqti bilan taxminan 17:45 dan so’ng boshlanadi. 

13:19. Olga Zabelinskaya 137 km. masofaga poygada marraga 9-bo’lib etib keldi. U 67 nafar sportchi ichida shunday natijaga erishdi.

13:06. FINAL! Ulug’bek Rashitov yarim finalda bosniyalik raqibini 28:5 hisobida mag’lubiyatga uchratib, finalga yo’l oldi! AJOYIB G’ALABA!

12:21. Velosportchimiz Olga Zabelinskaya 96 km. masofani bosib o’tdi… Marragacha oz vaqt qoldi! U ushbu masofani 2 soat 59 daqiqa va 4 soniya ichida bosib o’tdi. Etakchi Anna Kizenxofer (Avstriya)dan deyarli 6 daqiqaga ortda qolmoqda. Zabelinskaya hozircha 67 sportchi ichida 12-natijani qayd etmoqda.

12:02. Ulug’bek final yo’llanmasi uchun Bosniya va Gercogovina vakili Nejad Xushichga qarshi dayanga chiqadi. Jang Toshkent vaqti bilan taxminan 12:30 da boshlanadi. Bahsni tomosha qilish uchun havola > > > TOMOSHA QILISH

11:35. Ulug’bek Rashitov Olimpiada yarim finaliga yo’l oldi! U chorak final jangida eronlik Mirhashim Husayynini 34:22 hisobida mag’lubiyatga uchratdi!

10:45. Ulug’bek Rashitovning jangiga oz vaqt qoldi. Yana taxminan 20-30 daqiqa…

9:01. Velosport. SHosse bahslarida Olga Zabelinskaya 137 km. masofalik poygada bahsga kirishdi. Tajribali sportchimizdan ham medal kutyapmiz!

8:49. -68 kg vaznli taekvondochimiz Ulug’bek Rashitov endi chorak finalda eronlik Mirahim Xosseiniga qarshi jang qiladi. Ushbu bahs Toshkent vaqti bilan taxminan 11:00da boshlanadi.

8:39. Taekvondochimiz Ulug’bek Rashitov janubiy koreyalik Dae Xon Liga qarshi jang olib bordi. Vazn toifasida birinchi raqam ostida saralangan sportchiga qarshi kechgan jangda hamyurtimiz 21:19 hisobida g’alaba qozondi! Koreyalik sportchi vazn toifasida birinchi raqam, Rashitov esa oxirgi – 17-raqam ostida saralangandi. U qo’shimcha bo’limlarda oltin ochko evaziga g’alaba qozondi! Ajoyib! Takidlash lozimki, Ulug’bek jang davomida 11:17 hisobida ortda borayotib, super kambekni amalga oshira oldi!

7:53. Birozdan so’ng taekvondochimiz Ulug’bek Rashitov 3 karra jahon chempioni, Olimpiya o’yinlarining 2 karra sovrindori janubiy koreyalik Li De Xunga qarshi dayanga chiqadi. Olg’a, Ulug’bek!

7:47. Dzyudo. -52 kg vaznli Diyora Keldiyorova ilk jangidayoq mo’g’ulistonlik Sosobaram Lxagvasurenga ippon evaziga yutqazib qo’ydi. Exxxx….

Tokio-2020. O’zbekistonlik sportchilarning chiqishini qaysi telekanallar orqali tomosha qilish mumkin?

7:33. -66 kg vaznli dzyudochimiz Sardor Nurillaev ilk bosqichdagi jangini moldovalik raqibga qarshi o’tkazdi va Golden Score vaqtida jarohat sabab bahsni davom ettira olmadi. Afsus…

7:13. -51 kg vaznli bokschi qizimiz Tursunoy Rahimova polshalik raqibasiga qarshi jang qildi va 4:1 hisobida g’alaba qozondi!

6:35. Birozdan so’ng bokschimiz Tursunoy Rahimova bahsga kirishadi. SHuningdek dzyudochilarimiz kurashni boshlashadi. Ulug’bek Rashitovning ikkinchi jangi esa Toshkent vaqti bilan soat 8:05dan so’ng boshlanadi.

6:25. -68 kg vaznli taekvondochimiz Ulug’bek Rashitov ilk bosqichda Mali vakili Seydu Fofanaga qarshi dayanga chiqdi va 38:17 hisobida g’alabaga erishdi. Endi u birozdan so’ng ikkinchi bosqichda taekvondo vatani vakili, vazn toifasining birinchi raqamli sportchisi hisoblangan koreyalik raqibga qarshi bahs olib boradi.

6:18. Kunning dastlabki ishtirokini akademik eshkak eshuvchilarimiz boshlab berishdi. Xolmurzaev/Safaraliev tandemi o’tish bahsida startga chiqdi. Yigitlarimiz bahsni yaxshi boshlashgandi. Ammo yakunda charchab qolishdi va marraga to’rtinchi bo’lib etib kelishdi. Endi ular 6-o’rin uchun kurashishadi. Akademik eshkak eshishda medallar uchun kurashish imkoniyatidan mahrum bo’ldik.

6:01. Assalomu alaykum sport muxlislari. O’zbekistonlik sportchilarning Olimpiya o’yinlaridagi ishtirokiga oid matnli translyaciyani boshlaymiz.

Kun davomida quyidagi sportchilarimiz bahslarda ishtirok etishadi:

6:10 – Akademik eshkak eshish: SHaxboz Xolmirzaev/Sobirjon Safaraliev 

6:15 – Taekvondo: Ulug’bek Rashitov (medallar uchun)

7:00 – Boks: Tursunoy Rahimova

7:00 – Dzyudo: Sardor Nurillaev (medallar uchun)

7:00 – Dzyudo: Diyora Keldiyorova (medallar uchun)

9:00 – Velosport: Olga Zabelinskaya (medallar uchun)

13:05 – Sport gimnastikasi: Oksana CHusovitina

14:20 – Boks: Elnur Abduraimov

15:50 – Og’ir atletika: Adhamjon Ergashev (medallar uchun)

16:45 – Boks: Dilshod Ro’zmetov

Kun davomida sportchilarimizning ishtirokidan onlayn natijalarni www.olamsport.com saytida kuzatib borishingiz mumkin. 

Poster muallifi: Muxtasar Umarova

Fikr bildirish