Boks/MMA

Xabaringiz bor, kecha AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida navbatdagi UFC oqshomi bo’lib o’tgan edi.

281

UFC on ESPN 27 turniri tashkilotchilari eng yaxshi jang sohiblarini elon qilishdi. Raulian Peyva, Kayler Fillips, Darren Elkins va Adrian Yaniz kafolatlangan gonorardan tashqari qo’shimcha 50 000 $ bonusga ham ega bo’lishdi. 

Raulian Peyva va Kayler Fillips “Oqshom jangi” uchun mukofotga loyiq ko’rilishgan bo’lsa, Darren Elkins va Adrian Yaniz chiroyli g’alabalari uchun bonusga ega chiqishdi.

Eslatib o’tamiz, oqshomning markaziy jangida ikki vazn toifasida sobiq UFC kamari sohibi Ti Jey Dillashou ikki yillik tanaffusdan so’ng oktagonga qaytib, Kori Sendxagenni 48:47, 47:48, 48:47 hisoblarida mag’lub etgandi. Hakamlardan biri Korining g’alabasini taminlagan edi.

Fikr bildirish