Bosh sahifaBoks/MMASobiq UFC chempioni Tayron Vudliga qarshi boks qoidalari asosida jang o’tkazadigan taniqli bloger Jeyk Pol yana bir shov-shuvli bahs yuzasidan muzokaralarga kirishdi.
Sobiq UFC chempioni Tayron Vudliga qarshi boks qoidalari asosida jang o’tkazadigan taniqli bloger Jeyk Pol yana bir shov-shuvli bahs yuzasidan muzokaralarga kirishdi.
Pol ikki vaznda sobiq UFC chempioni Konor Makgregor bilan jang o’tkazmoqchi.
“O’ylashimcha, bu jang o’tkaziladi. Ayni paytda bu jang Konor uchun pul ishlab olishi uchun juda ham kerak. SHu jihatdan Konor “vyzov” tashlaydigan boshqa nomdor raqibni ko’rmayapman. Men bu jang o’tkazilishini judayam istayapman. Konor ham bunga qarshi emas. Jamoalarimiz muzokaralarni boshlab ulgurishgan. Odamlar avvaliga meni hazillashyapti deb o’ylashgandi. Floyd bilan jangimdan keyin fikrlari o’zgarganidan umidvorman. Men Makgregorni nokautga uchrataman, bunga yuz foiz ortig’i bilan ishonaman.
Konorni pul va shon-shuhrat kuchsizlantirib qo’ygan. Unda hech qanday motivaciya qolmagan. Keyin u juda kichkina yigitcha. Bo’yi 177 sm, og’irligi esa 70 kg. Tayron Vudli 90 kg vaznga ega kuchli jangchi. U Konor Makgregordan xavfli va kuchliroq”, – deydi The Herd nashriga bergan intervyusida Pol.
Malumot uchun, Jeyk Pol va Tayron Vudli jangi 29 avgust kuni AQSHning Ogayo shtati Klivlend shahrida bo’lib o’tadi.