Bosh sahifaBoks/MMAEngil vaznda sobiq UFC chempioni Ti Jey Dillashou tizzasidagi jarohatlaridan to’liq forig’ bo’lish uchun jarrohlik stoliga yotishga qaror qildi.
“Bugun rentgen javoblarini oldim. SHu narsa oydinlashdiki, menda menisk hamda tizza bog’lamalari uzilib ketgan. Lekin yaxshi xabar shuki, jarohatdan forig’ bo’lish uzoq muddat olmaydi. Ammo, har qanday holatda ham jarrohliq stoliga yotishim shart. Operaciya 2-3 kundan keyin o’tkaziladi. Qafas ichida g’alaba uchun borimni berdim. Meni qo’llab-quvvatlaganlar uchun rahmat. SHu yilning o’zida kamarni qo’lga kiritishim kerak”, – deya o’zining “Instagram” sahifasida xabar qoldirgan amerikalik UFC jangchisi.
Eslatib o’tamiz, Dillashou yakshanba tongida AQSHning Las-Vegas shahrida o’tkazilgan UFC on ESPN 27 tunirida ikki yillik tanaffusdan so’ng oktagonga qaytgan hamda reytingning 2-pog’onasidan joy olgan Kori Sendxagenni mag’lubiyatga uchratgan edi.