Tennis

Medvedev Olimpiada 1/4 finalida

187

Dunyoning ikkinchi raketkasi, rossiyalik Daniil Medvedev yakkalik musobaqasining nimchorak finalida ATP reytingining 31-pog’onasidan joy olib turgan italiyalik Fabio Foniniga qarshi kortga chiqdi. 

Ikki soatu 26 daqiqa davom etgan bahsda Medvedev raqibini uch set natijasiga ko’ra mag’lubiyatga uchratdi – 6/2, 3/6, 6/2. O’zaro uchrashuvlarda 25 yoshli Daniil oradagi farqni oshirdi – 4:1. Endi u chorak finalda ispaniyalik Pablo Karreno-Bustaga qarshi kortga chiqadi.

Fikr bildirish