Kun davomida Olimpiadada ishtirok etgan o’zbekistonlik sportchilarning ishtiroklariga oid malumotlarni ushbu sahifada kuzatib borish mumkin bo’ldi.
Sportchilarimiz quyidagi natijalarni qayd etishdi:
Dzyudo: Gulnoza Matniyazova (ikkinchi jangida mag’lubiyat)
Dzyudo: Davlat Bobonov (BRONZA medali)
Boks: Mirazizbek Mirzaxalilov (1/8 finalda mag’lubiyat)
Boks: Dilshod Ro’zmetov (1/8 finalda mag’lubiyat)
SHu tariqa, kunlik onlayn matnli translyaciya o’z yakuniga etdi.
16:41. Dilshodbek Ro’zmetov imkoniyatni 1:4 hisobida boy berib qo’ydi. Afsus. U ozarbayjonlik Alfonso Domingesga yutqazdi.
16:19. Birozdan so’ng Dilshodbek Ro’zmetovning jangi boshlanadi.
15:56 Erkaklar o’rtasidagi -90 kg vazn toifasida bronza medali uchun bahs yakuniga etdi. Unda hamyurtimiz Davlat Bobonov turkiyalik Mixael Zgank to’qnash keldi va raqibini mag’lub etdi
14:54. Bobonov endi bronza medali uchun Turkiya dzyudochisi Mixael Zgankka qarshi bahs yuritadi. Jang Toshkent vaqti bilan taxminan 15:20 dan so’ng boshlanadi.
14:26. G’alaba! Bobonov Golden Score’ning oltinchi daqiqasida g’alabaga erishdi! Endi u bronza uchun kurashadi.
14:06. Nihoyat Davlat Bobonov ishtirokidagi jang boshlanmoqda.
13:33. Hozirda ayollar o’rtasidagi o’tish va yarim final bahslari o’tkazilmoqda. Bellashuvlar biroz cho’zilmoqda. Yana bitta jangdan keyin Bobonovning jangi boshlanadi.
13:18. Yana birozdan so’ng Davlat Bobonovning bronza medali uchun o’tish yo’lidagi jangi boshlanadi. Taxminan 13:30 dan so’ng sportchimiz tatamiga chiqadi.
13:11. “Sport” kanalida dzyudo bahslarining translyaciyasi boshlanmoqda. Demak, nihoyat Davlat Bobonovning jangini tomosha qilamiz.
11:11. Dzyudo. Bobonov jahon chempionati finali uchun revansh oladimi?
10:35. Endi Bobonov bronza medali uchun o’tish jangida Ispaniya sharafini himoya qiladigan Nikolas SHerazadishvili bilan bellashadi. Ushbu bahs Toshkent vaqti bilan taxminan 13:20 dan so’ng boshlanadi.
10:33. Davlat Bobonov chorak finalda ikki karra jahon chempioni hisoblangan gruziyalik Lasha Beshauriga yutqazib qo’ydi. Endi u bronza uchun kurashadi
9:44. Endi Davlat yarim final yo’llanmasi uchun gruziyalik Lasha Bekauriga qarshi bahs yuritadi. Mazkur jang taxminan 10:15 dan so’ng boshlanadi.
9:42. Davlat Bobonov ukrainalik Kedjau Nabaliga qarshi bahsda IPPON evaziga g’alaba qozondi!
9:23. Birozdan so’ng dzyudochimiz Davlatbek Bobonov ikkinchi jangini o’tkazadi. Raqib – ukrainalik Kedjau Nabali.
9:05. Malumot uchun, Olimpiya o’yinlarida protest berish mumkin emas. Mazkur qoida faqat AIBA shafeligida o’tkaziladigan musobaqalarda amal qiladi.
8:53. Kutilmagan xabar: Hakamlar -57 kg vaznli bokschimiz Mirazizbek Mirzaxalilovni ochiqchasiga “chopishdi”. Bokschimiz jangda yaqqol ustunlikka erishgandi. Biroq, hakamlar nima uchundir irlandiyalik bokschining g’alabasini qayd etishdi…
8:28. Birozdan so’ng Mirazizbek Mirzaxalilovning irlandiyalik Entoni Uolkerga qarshi jangi boshlanadi. Soat 8:35 dan boshlab tomosha qilamiz.
8:15. Gulnoza Matniyazova niderlandiyalik raqibasiga ippon evaziga yutqazib qo’ydi. Afsus.
8:12. Bobonovga kelasi bosqichda ukrainalik Kedjau Nabali raqiblik qiladi. Ushbu bahs Toshkent vaqti bilan taxminan 9:00dan so’ng boshlanadi.
8:05. Birozdan so’ng Gulnoza Matniyazovaning niderlandiyalik Sanne Dijkega qarshi bahsi boshlanadi. Malumot uchun, bo’lajak raqib – jahon chempionati sovrindori hisoblanadi.
7:56. Dzyudo. Davlatbek Bobonov italiyalik Nikolas Mungaini mag’lub etdi va ikkinchi bosqichga yo’l oldi! U 26-soniyada olingan vazari bahosi evaziga bahsni o’z foydasiga hal qildi.
7:39. Davlat Bobonov ishtirokidagi jang kutilganidan oldinroq boshlanmoqda. Sportchimiz ilk bellashuvni italiyalik Nikolas Mungaiga qarshi o’tkazadi.
7:14. Gulnoza Matniyazova endi ikkinchi bahsda niderlandiya vakilasi Sanne Dijkega qarshi tatamiga chiqadi. Ushbu bahs Toshkent vaqti bilan taxminan 8:30dan so’ng boshlanadi.
7:03. Dzyudochimiz Gulnoza Matniyazova CHad Respublikasi vakili Demos Memnelumni soniyalar ichida mag’lubiyatga uchratdi!
06:48. Assalomu alaykum hurmatli sport ishqibozlari. O’zbek sportchilarining Olimpiya o’yinlaridagi ishtirokiga bag’ishlangan matnli translyaciyamizni boshlaymiz.
28 iyul kuni Olimpiadada qatnashadigan o’zbekistonlik sportchilar:
7:00 – Dzyudo: Gulnoza Matniyazova
8:15 – Dzyudo: Davlat Bobonov
8:35 – Boks: Mirazizbek Mirzaxalilov
16:25 – Boks: Dilshod Ro’zmetov
Soatlar Toshkent vaqti bilan ko’rsatilgan
Poster muallifi: Muxtasar Umarova