Boks/MMA

Professional boksda mag’lubiyatsiz odimlayotgan charm qo’lqop ustamiz SHohjahon Ergashev navbatdagi jangi qachon bo’lishi haqidagi savolga javob berdi.

211

“Ayni paytda Moskva shahrida bo’lib turibman. Qisqa tanaffusdan so’ng mashg’ulotlarni boshlab yubordim. Reja bo’yicha sentyabr oyida ringga qaytaman. O’zgarish bo’lmasa, keyingi jangim Moskva shahrida o’tkazilishi kerak. SHu haftada amerikalik murabbiyim Moskvaga etib keladi va u bilan rejalarni tasdiqlab olamiz”, – dedi Ergashev.

Eslatib o’tamiz, SHohjahon Ergashev 11 iyun kuni Toshkentda tanzaniyalik Salimu Jengoga qarshi ringga ko’tarilgan edi. O’shanda 12 raundga mo’ljallangan bahs birinchi raunddayoq yakuniga etgandi. Jangni shiddat bilan boshlagan SHohjahon ilk raunddayoq zarbalar seriyasini namoyish etib, raqibini muvozanatdan chiqargan. Referi esa shu zahoti jang yakunlanganligini elon qilgan edi.  

Professional boksda mag'lubiyatsiz odimlayotgan charm qo'lqop ustamiz SHohjahon Ergashev navbatdagi jangi qachon bo'lishi haqidagi savolga javob berdi.

Fikr bildirish