Futbol

OFK talabiga asosan chempionatimiz ishtirokchi klublari har yili licenziyalash jarayonidan o’tkazib kelinadi.

206



OFK talabiga asosan chempionatimiz ishtirokchi klublari har yili licenziyalash jarayonidan o'tkazib kelinadi.

Licenziyalash jarayoni hal qiluvchi pallada: klublarimizda qanday kamchiliklar mavjud?

Teglar : 
PFL LicenziyalashOFK
OFK talabiga asosan chempionatimiz ishtirokchi klublari har yili licenziyalash jarayonidan o’tkazib kelinadi.

O’tgan yildan etiboran O’zPFL Pro liga klublarini ham mazkur jarayonga jalb etdi. Maqsad — klublarimiz infratuzilmasini bosqichma-bosqich yaxshilash hamda Pro liga va Coca-cola Superliga klublarini o’rtasidagi katta tafovutni yo’qotish.

Biz yil avvalida Klublarni licenziyalash reglamenti ishlab chiqdik. Undagi ayrim mezonlar OFK belgilab bergan minimum talablardan kuchliroq bo’lib, agar bizning klublar ushbu Reglamentda belgilangan milliy licenziyalash talablarini to’liq bajara olsa, OFK licenziyasini qiyinchiliksiz qo’lga kiritish mumkin bo’ladi.

Hozirgacha klublarimiz dastlabki 4 ta mezon bo’yicha hujjatlarni taqdim etdi. Mavjud kamchiliklar ichida eng asosiylaridan biri – stadionlar yoritish tizimining talab darajasida emasligi. Zero OFK 2021 yildan boshlab qita miqiyosidagi xalqaro uchrashuvlarni qabul qiluvchi stadionlar uchun talablarni qatiylashtirdi. Endilikda CHempionlar ligasi guruh bosqichi o’yinlari o’tkaziladigan stadionlarda yorug’lik darajasi 1800 lyuksdan kam bo’lmasligi kerak (pley off uchun minimum talab – 1400 lyuks).

Ayni vaqtda Coca-Cola Superliga va Pro liga jamoalari uy o’yinlarini o’tkazadigan stadionlarda yoritish tizimi darajasi quyidagicha:

 

KLUB

 

STADION

O’RTACHA LYUKS O’LCHAMI

O’LCHANGAN SANA

BUNYODKOR

BUNYODKOR

2400

25.06.2021

QIZILQUM

YOSHLAR SM

2200

02.03.2021

SO’G’DIYONA

SO’G’DIYONA

1900

26.06.2021

TURON

O’ZBEKISTON

1900

25.06.2021

PAXTAKOR

PAXTAKOR

1750

28.07.2021

LOKOMOTIV

LOKOMOTIV

1700

28.06.2021

BUXORO

BUXORO

1600

03.03.2021

NAVBAHOR

MARKAZIY

1500

03.07.2021

DINAMO

DINAMO

1400

05.03.2021

NASAF

MARKAZIY

1300

08.07.2021

NEFTCHI

ISTIQLOL

1200

27.06.2021

METALLURG

METALLURG

1000

23.06.2021

AGMK

OKMK

1150

27.07.2021

OLIMPIK

JAR

600

06.06.2021

XORAZM

XORAZM SM

600

05.04.2021

SHO’RTAN

MARKAZIY

400

04.03.2021

ANDIJON

BOBUR ARENA

200

27.06.2021

MASH’AL

BAHROM VAFOEV

150

04.03.2021

QO’QON-1912

MARKAZIY

130

28.06.2021

SURXON

SURXON SM

100

11.03.2021

YANGIER

YANGIER

ARAL-SAMALI

TURON

 

O’zPFL talablari sabab so’nggi 1 yil ichida qator klublar projektorni yaxshilab oldi. Misol uchun “Turon” talab darajasidagi projektorni yo’q joydan barpo qildi, “Qizilqum”, “So’g’diyona”, “Paxtakor”, “Lokomotiv” klublari talab darajasiga etmay turgan projektorga qo’shimcha yangi lampalar o’rnatdi va yoritish tizimini yaxshilab oldi. SHu yilning 25 avgustiga qadar “Qo’qon-1912” klubi stadionida ham minimal talablarga javob beradigan projektorlar nur sochishni boshlashi vada qilinyapti.

Bu masalani paysalga solib kelayotgan klublar ham mavjud. SHundan kelib chiqib, Coca-cola Superliganing to’rt klubiga yoz oyida uy uchrashuvlarini o’tkazish taqiqi qo’yildi. Ikkinchi bosqich 2022 yilgi mavsumdan boshlab amalda bo’ladi va unda projektori talab darajasiga etkazilmagan yuqori divizion klublari nafaqat yoz, balki boshqa fasllarda ham uy uchrashuvlarini o’tkazishdan mosuvo etiladi.  

Bundan tashqari joriy yil klublar uy uchrashuvlarini o’tkazadigan stadionlarning xavfsizlik sertifikatiga ega bo’lishi bo’yicha O’zPFL o’z poziciyasida qattiq turdi. Natijada barcha klublar stadion xavfsizlik rejasini ishlab chiqdi. Uzoq yillar davomida aksariyat klublar uchun muammo bo’lib kelgan xavfsizlik sertifikati endilikda hamma klublarimizda mavjud.

SHuningdek, O’zPFL klublar akademiyasini tashkil etishda poydevor vazifasini o’tovchi “Klubda yoshlar bilan ishlash tizimini rivojlantirish bo’yicha dastur” ishlab chiqilishi va u akademiyalar bo’yicha standartlarga mos kelishi masalasiga jiddiy ahamiyat qaratdi. Ayni holatda “Qo’qon-1912”, “Qizilqum”, “So’g’diyona”, “Surxon”, “Aral samali”, “Xorazm” va “Yangier” klublarida bu borada kamchiliklar mavjud.

Navbatdagi masalada klub tizimida ish olib boruvchi murabbiylarning maxsus malaka diplomiga ega emasligini ko’rsatishimiz mumkin. Bu yil mazkur muammo ancha kamaygandi, ammo to’liq bartaraf bo’lganicha yo’q. Xususan, “Surxon”, “Qo’qon-1912”, “Turon”, “Aral samali”, “Xorazm” va “Yangier” jamoalarida yoshlar tarkiblari bilan ishlaydigan mutaxassislarning hammasi ham “B” diplomiga ega emas. OFK talabiga ko’ra, klubning yoshlar bilan ishlash tizimida kamida ikki nafar “B” murabbiylik licenziyaga ega mutaxasislar ish olib borishi lozim. SHu shart bilan qolgan barcha murabbiylarga esa “C” diplomi bilan faoliyat olib borishga ruxsat etiladi.

Yoshlar bilan ishlash tizimiga oid yana bir muammo — akademiya direktori yoki bolalar bilan ishlash tizimiga masul rahbar “A” murabbiylik diplomiga ega bo’lishi shart. Ammo “Surxon”, “Dinamo”, “Aral samali”, “Xorazm” va “Yangier” jamoasida faoliyat olib borayotgan mutaxassislar bu talabga javob bermaydi.

Malumot uchun, OFK belgilab bergan rejaga asosan licenziyalash jarayoni aprel oyida start oldi va klublar iyul oyi so’nggiga qadar sport, infratuzilma, ishchi-xodimlar, huquqiy mezonlar bo’yicha, avgust oyida esa moliyaviy mezonlar bo’yicha hujjatlarni taqdim etishi kerak. Hozirgacha klublarimiz dastlabki 4 ta mezon bo’yicha hujjatlarni topshirdi. Ular tushunishi kerakki, aynan avgust oyi barcha kamchiliklarni bartaraf qilish uchun hal qiluvchi oydir.

Zero OFK va milliy licenziya klublarning kelasi mavsumda xalqaro va ichki musobaqalarda ishtirok etishi masalasida ustuvor ahamiyat kasb etishini unutmaslik kerak.

Zohirjon Akramxonov, O’zPFL Klublarni licenziyalash va xalqaro aloqalarni rivojlantirish bo’limi boshlig’i 


Fikr bildirish