Bosh sahifaFutbolO’tgan mavsum “Andijon” tarkibida bir davra o’ynab ketgan moldaviyalik hujumchi Artyom Litvyakov jamoada qolib ketgan oylik maoshlarini undirish bo’yicha O’zbekiston futbolchilar uyushmasi orqali O’FAga bir necha marotaba murojaat qilgan.
O’tgan mavsum “Andijon” tarkibida bir davra o’ynab ketgan moldaviyalik hujumchi Artyom Litvyakov jamoada qolib ketgan oylik maoshlarini undirish bo’yicha O’zbekiston futbolchilar uyushmasi orqali O’FAga bir necha marotaba murojaat qilgan.
“Andijon” sobiq legioneri bilan to’liq hisob-kitob qilmagan
Teglar : Artyom Litvyakov
O’tgan mavsum “Andijon” tarkibida bir davra o’ynab ketgan moldaviyalik hujumchi Artyom Litvyakov jamoada qolib ketgan oylik maoshlarini undirish bo’yicha O’zbekiston futbolchilar uyushmasi orqali O’FAga bir necha marotaba murojaat qilgan.
25 yoshli Litvyakov o’tgan mavsumda “burutlar” safida 12ta uchrashuvda ishtirok etib, davralara oralig’ida jamoani tark etgandi. SHundan so’ng “Andijon” FK rahbariyati moldaviyalik legioner bilan yanvar oyida to’liq hisob-kitob ishlari olib borilgani haqida klub rasmiy sahifasi orqali malum qilgandi.
Ammo championat.asia saytiga malum bo’lishicha, Artyom Litvyakov haligacha “Andijon” jamoasida qolib ketgan pullarini to’liq olmagan. U bu haqda O’zbekiston futbolchilar uyuushmasiga yozma ravishda ikki marotaba murojaat qilgan. SHundan so’ng O’FA bu borada “Andijon” klubiga joriy yilning 13 avgust kuniga qadar moldaviyalik futbolchi oldidagi qarzdorlikni to’liq yopishi kerakligi, aks xolda jamoaga jiddiy sankciyalari qo’llanishi yuzasidan ogohlantirgan.