Boks/MMA

Ertaga boksda so’nggi 2 ta vazn toifasida chempion nomiga aniqlik kiritiladi.

308

8 avgust Tokio Olimpiadasining oxirgi kuni. Boks bo’yicha so’nggi chempionlar aniqlanadi. Avvaliga -63 kg vaznda AQSH vakili Keyshon Devis so’nggi ikkita Jahon chempionati oltin medali sohibi kubalik Endi Krus Gomesga qarshi ringga chiqadi.

Bu juftlik Ekaterinburgdagi dunyo birinchiligi finalida fantastik jang ko’rsatgan va yakunda hakamlar Gomesning g’alabasini elon qilishgan. Kubalik bizning iqtidorli bokschimiz Iqboljon Xoldarovni ham ikki bor mag’lub etgan: Butunjahon Boks Ceriyasida hamda Gamburgdagi Jahon chempionati finalida.

Ertaga boksda so'nggi 2 ta vazn toifasida chempion nomiga aniqlik kiritiladi.

Devis va Gomes janggi Tokio Olimpiadasining eng shiddatli to’qnashuvi bo’lmasligiga hech qanday sabab yo’q. Bu jang Toshkent vaqti bilan 10:15 da boshlanadi.

Ertaga boksda so'nggi 2 ta vazn toifasida chempion nomiga aniqlik kiritiladi.

SHundan so’ng bizning yagona umidimiz – +91 kg vazndagi Bahodir Jalolov AQSH vakili Richard Torresga qarshi jang qiladi. Bu raqiblar ham begona emaslar. Ekaterinburgda hamyurtimiz Richardni chuqur nokaut holatiga tushirgan edi. Biroq Tokiodagi Torres umuman boshqa formada. Yarim finalda qozog’istonlik Kamshibek Konkabaevni qanday ahvolga tushirib qo’yganini guvohi bo’ldik. Bu bahs haqiqiy titanlar to’qnashuvi bo’lishiga shubha yo’q. Bu jang Toshkent vaqti bilan 11:15 da boshlanadi.

Ertaga boksda so'nggi 2 ta vazn toifasida chempion nomiga aniqlik kiritiladi.

Ertangi kun – butun O’zbekiston kutayotgan kundir. Ertaga biz uchun, boks muxlislari uchun terma jamoamizning Tokio-2020 dagi yagona oltin medalini qo’lga kiritib, alamlarni biroz unitadigan kundir… Boshqasiga Jalolovning o’zi rozi bo’lmaydi.

Fikr bildirish