Bosh sahifaBoks/MMAUFC prezidenti Dana Uayt promoushenning sobiq chempionlari Jon Jons hamda Stipe Miochichning janglari haqida berilgan savolga javob berdi.
“Jons bu yil oktagonga qaytmaydi. Hozir biz 2021 yilda yashayapmiz, demak, u haqida 2022 yilgacha o’ylamayman ham. Stipe Miochich haqida esa hozir aniq bir gap ayta olmayman. Katta ehtimol bilan u ham 2022 yilda jang o’tkazadi. Ayni paytda Ngannu – Gan jangi haqida bosh qotiryapmiz. 2022 yilda bizni qiziqarli janglar kutmoqda”, — deya Uaytning so’zlarini keltirmoqda MMA Fighting.
Eslatib o’tamiz, shu yilning mart oyida Stipe Miochich asli kelib chiqishi kamerunlik bo’lgan Frensis Ngannuga ikkinchi raundda nokaut bilan yutqazib qo’ygan edi. Bu bilan Miochich chempionlik kamaridan mahrum bo’lgandi.