Amerikalik polvon bu borada UFC prezidenti Dana Uaytga murojaat qildi.
“Dana Uayt!”, – deya o’zining Tvitter sahifasida UFC prezidentiga qisqagina luqma tashlab qo’ygan Stivenson.
Takidlash joiz, Geybl Stiveson Minnesota universiteti sharafini himoya qilgan. UFC hamda WWE promoushenlarining sobiq superyulduzi Brok Lesnar ushbu o’quv dargohining bitiruvchisi hisoblanadi va o’z vaqtida talaba-sportchining imkoniyatlarini yuqori baholagan edi.
Malumot uchun, Geybl Stivenson Olimpiadaning final bellashuvida gruziyalik polvon Geno Petriashvilini 10-8 hisobida mag’lub etib, oltin medalni qo’lga kiritgan edi.