Tennis

Medvedev qozog’istonlik tennischini qiyinchilik bilan engdi

177

Dunyoning ikkinchi raketkasi bo’lib turgan Daniil Medvedev ikkinchi davra uchrashuvida qozog’istonlik Aleksandr Bublikka qarshi bahs olib bordi. Rossiyalik tennischi 2 soatu 25 daqiqa davom etgan uchrashuvida reytingning 38-pog’onasidan joy olgan raqibini 4/6, 6/3, 6/4 hisoblarida mag’lub etdi.

Medvedev bahs davomida 13, 24 yoshli Bublik esa 14 ta eys zarbani amalga oshirdi. Tennischilarning o’zaro uchrashuvlaridagi hisob yanada yiriklashdi – 5:0. Endi Daniil National Bank Open turnirining uchinchi bosqichida italiyalik Yannik Sinner yoki avstraliyalik Jeyms Dakvortga qarshi kortga chiqadi.

Fikr bildirish