Tennis

Karen Xachanov rus derbisida ustun keldi

207

National Bank Open turnirining ikkinchi davrasida rossiyalik tennischilar Karen Xachanov va Aslan Karacev o’zaro to’qnash kelishdi. 25 yoshli Karen ATP reytingida 29, 27 yashar Aslan esa 22-o’rinni egallab turibdi. 

Murosasiz kechgan rus derbisida Xachanov 7/6(7), 6/4 hisoblarida g’alaba qozonib, keyingi bosqichga yo’l oldi. O’zaro uchrashuvlarda Karen ustunlik qilmoqda – 4:1. Endi u National Bank Open turnirining uchinchi davrasida greciyalik Stefanos Cicipasga qarshi kortga chiqadi.

Fikr bildirish