Bosh sahifaBoks/MMA20-30 avgust kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida boks bo’yicha yoshlar (o’g’il bolalar va qizlar) hamda o’smirlar (o’g’il bolalar va qizlar) o’rtasida Osiyo chempionati o’tkaziladi.
20-30 avgust kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida boks bo’yicha yoshlar (o’g’il bolalar va qizlar) hamda o’smirlar (o’g’il bolalar va qizlar) o’rtasida Osiyo chempionati o’tkaziladi.
Qitamizda ilk marotaba Osiyo chempionati mana shunday tarzda tashkil etilmoqda.
2003-2004 yillar:
Yoshlar: 48 kg, 51 kg, 54 kg, 57 kg, 60 kg, 63,5 kg, 67 kg, 71 kg, 75 kg, 80 kg, 86 kg, 92 kg va +92 kg.
Yoshlar (qizlar): 48 kg, 50 kg, 52 kg, 54 kg, 57 kg, 60 kg, 63 kg, 66 kg, 70 kg, 75 kg, 81 kg va +81 kg
2005-2006 yillar:
O’smirlar: 46 kg, 48 kg, 50 kg, 52 kg, 54 kg, 57 kg, 60 kg, 63 kg, 66 kg, 70 kg, 75 kg, 80 kg va +80 kg
O’smir qizlar: 46 kg, 48 kg, 50 kg, 52 kg, 54 kg, 57 kg, 60 kg, 63 kg, 66 kg, 70 kg, 75 kg, 80 kg va +80 kg
Osiyo chempionatida umumiy hisobda 51 ta medallar jamlanmasi o’ynaladi.
Yoshlar o’rtasidagi bahslarda oltin medalni qo’lga kiritganlar 6000 AQSH dollari bilan mukofotlanadilar. Kumush va bronza egalari mos ravishda 3000 hamda 1500 dollar miqdoridagi mukofot pulini qo’lga kiritishadi.
O’smirlar o’rtasidagi bahslarda esa pul mukofotlari ketma-ketlikda 4000, 2000, 1000 AQSH dollarlari miqdorida taqsimlanadi.
O’zbekiston terma jamoasi bokschilari 16 avgust kuni Dubayga yo’l olishadi.
Osiyo chempionatida ishtirok etadigan bokschilarimiz ro’yxati O’zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati tomonidan elon qilinadi.