Boks/MMA

Yarim o’rta vaznda UFC chempioni Kamaru Usman irlandiyalik Konor Makgregorning yana bir balandparvoz chorloviga javob qaytardi.

206

Makgregor o’z muxlislariga Kamaru Usmanning chempionlik kamarini tortib olishini aytgan edi.  

“Yana nimalarni boshlab yuribsan? SHovqin ko’tarma, aks holda Pore, Xabib yoki Diasni chaqiraman. Ular seni bir yo’la tugatib qo’yishadi”, – deya Tvitter sahifasida xabar qoldirgan Usman.

Irlandiyalik o’zi uchun uchinchi vazn toifasida ham chempion bo’lish istagi borligini aytgandi. 

“Men o’z rekordlarimdan faxrlanaman. Rekordlarni yangilashda davom etaman. Bu safar yarim o’rta vazn chempioni bo’lmoqchiman. Menda eng tezkor (13 soniya) chempionlik jangidagi nokaut, chempionlik jangidagi eng ko’p (5 ta) nokdaunlar, UFC chempionlik jangidagi yana bir nokaut. Uchta chempionlik jangi, uchta nokaut, uchta rekord”, – degandi Konor. 

Eslatib o’tamiz, ayni paytda Konor Makgregor Dastin Porega qarshi jangda olgan jarohatini davolash bilan band. Kamaru Usman esa 6 noyabr kuni Nyu-York shahrida Kolbi Kovingtonga qarshi o’tkaziladigan chempionlik himoya jangiga tayyorgarlik ko’rmoqda.

Fikr bildirish