Ispaniya futbol telekanallaridan biri «El Chiringuito» o‘z tvitterida Krishtianu Ronaldu bilan bog‘liq «sensasion post»ni e’lon qildi.
Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, seshanba kuni Mega kanalida jonli efir boshlanadi, uning davomida afsonaviy portugaliyalikning karyerasi haqidagi yangiliklar e’lon qilinadi.
Dasturning boshlovchisi – ispaniyalik mashhur jurnalist Xosep Pedrerol – 2018 yilda birinchi bo‘lib Krishtianuning Italiyaning «Yuventus» lageriga o‘tishini e’lon qilgan odam.
Yaqinda beshta «Oltin to‘p» egasining agenti Xorxe Mendesh Ronalduni yana kamida bir yil Turinda qolishiga ishontirgandi.