Matbuot xabarlariga ko‘ra, u rahbariyatni o‘z va’dasida turmaganlikda ayblamoqda. Kilian 2017 yilda parijliklar bilan uzoq muddatli shartnoma imzolagan edi.
Prezident Nosir Al-Xelayfi shaxsan futbolchiga shartnoma tugashidan bir yil oldin uni «Real»ga qo‘yib yuborishga va’da bergan.
Ayni paytda Al-Xelayfi o‘z aytgan so‘zlarini eslashni xohlamadi. Prezident Kilian bilan gaplashishdan bosh tortdi.
Gap shundaki, fransiyalik futbolchi shartnoma oxirigacha «PSJ»da qolishi kerak. Biroq 4 yil oldingi kelishuvda Mbappening Madridga yo‘l olishi haqida gap bo‘lgan.
Parijliklar moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzmasdan futbolchini sotmaslikka qodir ekanliklariga ishonishadi.