Boks/MMA

UFC promousheni bilan shartnoma imzolagan o’zbekistonlik yakkakurash ustalari soni to’rt nafarga etdi.

196

Mahmud Muradov, Zarruh Adashev va Liliya SHakirovadan so’ng Saidyoqub Qahramonov ham dunyoning eng kuchli aralash yakkakurash ligasi jangchisiga aylandi. U uch kundan so’ng promoushendagi debyut jangini o’tkazadi. 

Qahramonov 21 kuni (O’zbekistonda 22 avgust kuni tongi) AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahridagi UFC APEX arenada o’tkaziladigan UFC on ESPN 29 turnirida Trevin Jonsga qarshi oktagonga ko’tariladi. 

Ushbu jang o’ta engil vazn (bantamweight) toifasida bo’lib o’tadi. Oqshomning markaziy jangi esa Kelvin Gastelum va Jared Kannone o’rtasida o’tkaziladi.  

Malumot uchun, Saidyoqub Qahramonovning MMAdagi rekordi 8-2 bo’lsa, Trevin Jonsning ko’rsatkichlari 13-6 ni tashkil etadi. 

UFC promousheni bilan shartnoma imzolagan o'zbekistonlik yakkakurash ustalari soni to'rt nafarga etdi.

Fikr bildirish