Tennis

Eshli Barti Cincinattida $255,220 va 900 ochko ishlab oldi

232

Sayyoramizning birinchi raqamli tennis malikasi bosh sovrin uchun kechgan uchrashuvda WTA reytingining 76-pog’onasidan joy olib turgan shveycariyalik Jil Taymanni 6/3, 6/1 hisoblarida taslim etdi. 

Bu tennischilarning o’zaro o’tkazgan ilk uchrashuvi edi. Bir soatu 13 daqiqa davom etgan bahsda 25 yoshli Barti 8 ta, 24 yashar Taymann esa 2 ta eys zarbani ijro etdi. Western & Southern Open turniridagi ishtirok Bartiga 900 reyting ochkosi hamda 255,220 dollar mukofot puli keltirdi.

Fikr bildirish