Boks/MMA

Filippin afsonasi Menni Pakyaoning turmush o’rtog’i – Jenki Menniga ajoyib murojaat yo’lladi.

359

«Mening qadrli turmush o’rtog’im, Menniga!

Siz bilan faxrlanayotganimni so’z bilan ifodalashning iloji yo’q. Men sizning rafiqangiz ekanimdan faxrlanaman. Siz men va bizning bolalarimiz uchun butun bir dunyosiz. Biz sizni juda yaxshi ko’ramiz. Biz siz jahon chempioni bo’lishni orzu qilganingizda, qancha mehnat qilganingizni, qurbon qilganlaringizni, qonli ter va ko’z yosh to’kkaningizga guvohmiz.

Siz hech qachon faqat o’zingiz haqingizda o’ylamaysiz va ringda hayotingizni qayta-qayta xavf ostiga qo’yishdan qo’rqmaysiz, chunki siz odamlarni baxtli qilishni yaxshi ko’rasiz. Siz Yaratganning inoyati bilan biz tasavvur qilganimizdan ham ko’proq narsaga erishdingiz. SHunga qaramay, eng zo’r bo’lish uchun ishlashdan to’xtamaysiz.

Yillar davomida biz siz bilan birga ekanimizdan faxrlanamiz, chunki siz hammaga mehribon va yordamchi bo’lishga undaysiz. Boksdagi rekordlaringizdan ham ko’proq – sizning Xudoga bo’lgan sevgingiz, Kalomga bag’ishlanganligingiz va Isoni har bir uchrashgan odam bilan bo’lishish istagi bizni yanada ko’proq hayratga soladi.

Ringda g’alaba qozoning yoki mag’lub bo’ling – siz qalbimizning abadiy chempionisiz! Butun dunyodagi muxlislarga Mennini sevganingiz uchun minnatdorchilik bildiraman. Ular sizni o’ylaganingizdan ko’ra ko’proq sevadi.

Siz qirolsiz! Siz uchun jonimizni fido qilishga tayyormiz. Biz sizni sevamiz! Biz sizni hurmat qilamiz va hamma narsa uchun minnatdormiz!» – deya postini yakunlanae Jenki Pakyao.

Fikr bildirish