Boks/MMA

Bishkekda aralash jang sanati bo’yicha xalqaro o’rtoqlik uchrashuvi o’tkazildi.

261

Unda Qirg’iziston va O’zbekiston aralash jang sanati ustalari oktagonga chiqishdi.

SHu yilning 24 avgust kuni Qirg’iziston poytaxti Bishkek shahrida aralash jang sanati bo’yicha xalqaro o’rtoqlik uchrashuvi o’tkazildi. Bishkek shahridagi «Gazprom» bolalar sport majmuasida tashkil etilgan mazkur janglarda mezbonlar – Qirg’iziston hamda o’zbekistonlik aralash jang sanati ustalari o’z mahoratlarini namoyish etishdi.

O’rtoqlik uchrashuvi doirasidagi janglarni Xalqaro aralash jang sanatlari federaciyasi (IMMAF) prezidenti Kerrit Braun, Qirg’iziston Respublikasi CHuy viloyati gubernatori hamda Qirg’iziston MMA, IMMAF yo’nalishi bo’yicha milliy federaciyasi prezidenti E.Tentishev, O’zbekiston Milliy olimpiya qo’mitasi raisining o’rinbosari, O’zbekiston aralash jang sanatlari federaciyasi raisining o’rinbosari SHerzod Tashmatov va boshqalar kuzatib borishdi.

Janglar 10ta vazn toifasida tashkil etildi. Etiborlisi, barcha vazn toifalarida yurtimiz sportchilari g’oliblikni qo’lga kiritishdi.

Quyida Xalqaro o’rtoqlik uchrashuvida g’alaba qozongan sportchilarimiz bilan tanishing:

-52,2 kg vazn toifasida – Zokirov Humoyun,

-56,7 kg – Isroilov Behruz,

-61,2 kg – Sattorov Husniddin,

-65,8 kg – Rustamov SHukurjon,

-70,3 kg – Akbarov Behruz,

-77,1 kg – Mo’minjonov Munis,

-83,9 kg – Boltaev Islom,

-93 kg – Komilov Ilyos,

-120,2 kg – Mahammatov Fayzullo,

+120 kg – Xolmuratov Ixtiyor.

Bishkekda aralash jang sanati bo'yicha xalqaro o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazildi.

Bishkekda aralash jang sanati bo'yicha xalqaro o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazildi.

Bishkekda aralash jang sanati bo'yicha xalqaro o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazildi.

Fikr bildirish