“Gar o’tloqqa qo’ysang oyoq, kallang ketar shu ondayoq!” Katanec O’zbekiston terma jamoasi bilan ilk mashg’ulotni o’tkazdi
Teglar : mashg’ulot O’zbekiston MTJSrechko Katanec
Bugun, 28 avgust kuni sloveniyalik Srechko Katanec boshchiligidagi O’zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda yig’in boshladi.
"Bunyodkor" akademiyasi maydonida o’tgan mashg’ulotda 16 nafar futbolchi qatnashdi. Kecha Rossiya premer-ligasida debyut qilgan IbrohimHalil Yo’ldoshev individual tarzda Ian Katanec qo’l ostida tiklanish mashg’ulotini o’tkazdi. Uch nafar posbon bilan Nihad Peykovich ishladi.
Bugungi mashg’ulotlarda qatnashgan futbolchilar: Darvozabonlar: Valijon Rahimov (AGMK), Sanjar Quvvatov ("Paxtakor"), Eldorbek Suyunov ("Paxtakor").