Boks/MMA

Dubay shahrida boks bo’yicha o’smirlar va yoshlar o’rtasidagi Osiyo chempionati o’z yakuniga etib bormoqda.

244

Bugun, 29 avgust kuni musobaqa doirasida o’smirlar o’rtasida final bahslari tashkil etildi. Quvonarlisi, chempionatning o’smirlar o’rtasidagi janglari yakuniga ko’ra, O’zbekiston terma jamoasi vakillari birinchi bo’lishdi. 

Yigitlarimiz musobaqada 6 ta oltin, 4 ta kumush va 1 ta bronza medaliga sazovor bo’lishdi.  

Terma jamoamiz safida quyidagi bokschilarimiz sovrindor bo’lishdi:

Oltin: 

-50 kg: Hojiakbar Mahmudov

-60 kg: Javohir Ummataliev 

-63 kg: Lazizbek To’lqinov 

-66 kg: Fazliddin Erkinboev

-70 kg: SHavkatjon Boltaev 

-81 kg: Sardorbek Tursunov 

Kumush: 

-52 kg: Abdulloh Madaminov 

-54 kg: Mironshox Norqosimov  

-57 kg: Dalerjon Bozorov 

-75 kg: Mizrob Nekboev 

Bronza:

-46 kg: Baxtiyor Yaxshiboev

Qayd etish lozimki, o’smir yigitlarimiz umumjamoa hisobida 6 ta oltin bilan birinchi o’rinni egallashdi. Ikkinchi o’rinni qozog’istonlik bokschilar egallashgan bo’lsa, uchinchi o’rinni Hindiston vakillari band etdilar. Yana bitta medalni esa Eron vakili qo’lga kiritdi. 

O’zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati

Fikr bildirish