Avvalroq, o’smir yigitlarimiz 11 ta medal bilan musobaqani tugatishgani haqida xabar qilgandik (https://t.me/boxinguzbekistan/8825). Muvaffaqiyatli yurishni qizlarmiz ham davom ettirishdi.
Musobaqa yakuniga ko’ra, O’zbekiston o’smir qizlar terma jamoasi 3 ta oltin, 3 ta kumush va 5 ta bronza medali qo’lga kiritdi.
Terma jamoamiz tarkibida quyidagi bokschilarimiz sovrindor bo’lishdi:
Oltin:
-46 kg: Gulsevar G’anieva
-50 kg: SHaxina Nematova
-70 kg: Oysha Toirova
Kumush:
-48 kg: Robiyaxon Baxtiyorova
-54 kg: Guldana Tilaubergenova
-66 kg: Sanobar Bozorboeva
Bronza:
-52 kg: Laziza Yusupova
-57 kg: Rano Muratbaeva
-60 kg: Muxlisa Toxirova
-63 kg: Sitora Bahodirova
-81 kg: Oltinoy Sotimboeva
Malumot uchun, Dubaydagi Osiyo chempionati to’rtta toifada (o’smir o’g’il bolalar va qizlar, yoshlar va yosh qizlar)o’tkazilmoqda. Ertaga musobaqa doirasida yoshlar o’rtasidagi bahslar tashkil etiladi.
Osiyo chempionatida sovrindor bo’lgan o’smirlarimiz ertaga, 30 avgust kuni soat 16:40da yurtimizga qaytib kelishadi. Ular Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida kutib olinishi rejalashtirilmoqda. OAV xodimlari va muxlislarni ushbu tadbirga taklif etib qolamiz.