Sayyoramizning birinchi raketkasi Eshli Barti musobaqaning birinchi davrasida rossiyalik Vera Zvonaryovani mag’lubiyatga uchratdi – 6/1, 7/6(7). To’qson daqiqa davom etgan uchrashuvda 25 yoshli Eshli 11 ta, reytingning 101-pog’onasini egallab turgan 37 yashar Vera esa 2 ta eys zarbasini ijro etdi.
Bu tennischilarning o’zaro o’tkazgan ilk uchrashuvi sifatida tarixga muhrlandi. Endi Eshli Barti AQSH Ochiq chempionatiningi ikkinchi davrasida daniyalik Klara Tausonga qarshi kortga chiqadi. Tauson birinchi bosqichda franciyalik Klara Byureldan 7/5, 6/0 hisoblarida ustun keldi.