Dunyoning birinchi raketkasi Novak Jokovich musobaqadagi ishtirokini g’alaba bilan boshladi. Serbiyalik tennischi ATP reytingining 145-pog’onasidan joy olib turgan daniyalik Xolger Runeni 6/1, 6/7(5), 6/2, 6/1 hisoblarida mag’lub etdi.
Ikki soatu 16 daqiqa davom etgan bahsda 34 yoshli Novak 17 ta, 18 yoshli Xolger esa 1 ta eys zarbasini ijro etdi. Bu tennischilarning o’zaro o’tkazgan ilk uchrashuvi edi. Jokovichning ikkinchi davradagi raqibi niderlandiyalik Tallon Grikspur bo’ladi. U ilk bosqichda germaniyalik Yan-Lennard SHtruffdan ustun keldi – 2/6, 7/6(3), 4/6, 6/4, 7/5.