Futbol

Messi karyerasini erta tugatishi mumkin edi…

328

JCH-2022 saralash bosqichi Venesuela – Argentina uchrashuvida (1:3) “albiselestelar” sardori Lionel Messi o‘ta jiddiy jarohat oldi.

Uchrashuvning 30 daqiqasi o‘tayotgan paytda, venesuelalik yarimhimoyachi Leodan to‘pni tortib olmoqchi bo‘ldi, biroq argentinalik futbolchiga oyog‘i bilan zarba berib yubordi. Ma’lum bo‘lishicha, zarba mo‘’jizaviy tarzda Messining tizzasiga tekkan. Forvard uzoq vaqt maysazorda yotdi, lekin shundan so‘ng u o‘rnidan turib, o‘yinni oxirigacha o‘ynashga muvaffaq bo‘ldi. Vaziyat “qahramoni” Adrian Martines qizil kartochka olib maydonni tark etdi.

O‘yindan so‘ng Lionel tekshiruvdan o‘tkazildi va futbolchining chap tizzasidan jarohat olgani aniqlandi. Vaziyatni hisobga olgan holda, bu jarohat kutilganidan tezda tuzalishi ma’lum qilindi. Ammo, shifokorlarning aytishicha, agar Martines yo‘llagan zarba tizzaga  emas, balki oyoqning qismiga tekkanda, suyak sinishiga, hatto hujumchining karyerasi tugashiga olib kelishi mumkin edi.

Fikr bildirish