Yengil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Xabib Nurmagomedov EFC 40 turniridan so‘ng jurnalistlarga bergan intervyusida nima uchun Krishtianu Ronalduni Lionel Messidan ustun deb bilishi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
– Sizningcha, Ronaldu Messidan kuchliroqmi?
– Ha, men shunday deb o‘ylayman.
– Nimaga?
– Messi ham juda yaxshi o‘ynaydi. U tarixdagi eng yaxshilaridan biri. Menimcha, o‘yin jihatidan ular taxminan tengdir. Ammo Krishtianu undan kuchliroq. Krishtianu 17 yildan buyon tepada. 2004 yilda u Yevropa chempionati finalida o‘ynagan va u yerda eng yaxshilaridan biri bo‘lgan. Hozir 2021 va Ronaldu hali ham gol urmoqda. Bu hodisa futbolda hech qachon bo‘lmagan. Messi qachon boshlagan? 2005-2006? Hatto undan ham keyinroq.
– 2005 yilda YECHLni kim yutgan?
– “Liverpul”.
– 2006 yildachi?
– “Barselona”.
– Xo‘sh, Messining bunga aloqasi yo‘qmi?
– Menimcha, bunga umuman aloqasi yo‘q edi. Sababi, o‘sha paytda boshqa odam bor edi [Ronaldinyo]. Siz turli yo‘llar bilan fikrlashingiz mumkin. Messi va Ronalduni, “Real” va “Barsa”ni, “Mersedes” va “BMV”ni solishtiradigan odamlar bor. Mening shaxsiy fikrimcha, Krishtianu yetakchi.