Sayyoramizning beshinchi raqamli tennis malikasi, ukrainalik Elina Svitolina kutilmaganda WTA reytingining 73-pog’onasidan joy olgan kanadalik Leyla Fernandesga yutqazib qo’ydi – 3/6, 6/3, 6/7(5).
Uchinchi setni 2/5 hisobida boy berayotgan Elina kambekni amalga oshirib, vaziyatni tay-brekkacha olib bordi. Ammo, hal qiluvchi pallada Fernandes yana o’zini ko’rsatib, shov-shuvli g’alabasini tantana qildi. Tennischilarning o’zaro uchrashuvlaridagi hisob muvozanati ham tiklandi – 1:1.
Ikki soatu 24 daqiqa davom etgan bahs mobaynida 27 yoshli Svitolina 8 ta, 19 yashar Fernandes esa 1 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Endi Leyla US Open yarim finalida chexiyalik Barbora Kreychikova yoki belaruslik Arina Sobolenkoga qarshi kortga chiqadi.