Bundan avvalgi rekord rossiyalik tennis malikasi Mariya SHarapovaga tegishli edi. SHarapova 2005 yilgi AQSH Ochiq chempionatining yarim finalida kortga chiqish orqali o’sha paytdagi rekordni o’rnatgandi.
Dunyoning 73-raketkasi bo’lib turgan 18 yoshli Leyla kecha US Open turnirining chorak finalida dunyoning beshinchi raketkasi, ukrainalik Elina Svitolinani shov-shuvli tarzda mag’lubiyatga uchratgandi. Ushbu natijasi sabab u kelasi hafta WTA reytingida Top-40da debyut qiladi.