Futbol

O’zbekiston U-22 terma jamoasi o’z faoliyatini tugatdi

169

Biroq kelasi yil O’zbekiston mezbonlik qiladigan U-23 Osiyo chempionatida Timur Kapadze boshqaruvidagi U-19 terma jamoasi ishtirok etadigan bo’ldi. 

Natijada U-22 terma jamoasini ushlab turishdan mano qolmadi va bu jamoa faoliyati tugatildi. Malumot uchun, U-22 terma jamoasiga 1999-2000 yilda tug’ilgan futbolchilar chaqirilib kelinayotgandi va jamoa bosh murabbiyi Ravshan Haydarov edi.

Endilikda Ravshan Haydarov O’zbekiston milliy terma jamoasida Srechko Katanecga yordam beradi. U-22 terma jamoasi esa boshqa yig’ilmaydi. 

Esingizda bo’lsa, O’zbekiston U-22 terma jamoasi shu yilning mart oyida Antaliyada tashkil etilgan Antalya Cup 2021 xalqaro musobaqasida qatnashib, Slovakiya, Ukraina va Qozog’istonga qarshi bahs olib borgandi. 

Fikr bildirish