Hozirgina ayollar o’rtasidagi musobaqaning ilk yarim final uchrashuvi yakunlandi. Unda allaqachon musobaqa kashfiyotiga aylanib ulgurgan britaniyalik Emma Radukanu shov-shuvli yurishini davom ettirdi.
Bu safar dunyoning 18-raketkasi hisoblangan greciyalik Mariya Sakkari 18 yoshli istedod egasining qurboniga aylandi. Saralash bahslari orqali asosiy to’rga etib kelgan Radukanu nomdor raqibasini “sochib” tashladi – 6:1, 6:4.