Futbol

Messi Pelening rekordini yangiladi

173

Argentina va «PSJ» klubining 34 yoshli hujumchisi Lionel Messi Boliviya terma jamoasi bilan 2022 yilgi Jahon chempionati saralashi guruh bosqichining 10-tur uchrashuvida dubl qayd etib, rekordchiga aylandi. Terma jamoalar uchun urgan gollar soni, afsonaviy Pele erishgan natijadan oshib ketdi.

Endi Messi Argentina terma jamoasida 78 ta gol urgan, braziliyalik mashhur futbolchi Peleda esa bitta gol kam (77), aynan u Janubiy Amerika terma jamoalari (KONMEBOL) futbolchilari o‘rtasidagi gollar soni bo‘yicha rekordchi bo‘lgan.

Shu tariqa, Messi Janubiy Amerika rekordchisiga aylandi.

Fikr bildirish