«Manchester Yunayted» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Angliya Premyer-ligasi 4-turi doirasidagi «Nyukasl»ga qarshi o‘yin oldidan fikr bildirdi.
«Nyukasl»ga qarshi asosiy tarkibda yoki umuman o‘yinga tushirilishimni kutmayapman. Albatta, shanba kungi bahs oldidan biroz hayajon bor, ammo tajribali o‘yinchi sifatida o‘yinga tayyor holatda bo‘laman. Asosiy tarkibda maydonga tushish uchun Sulsherga bosim o‘tkazmoqchiman. O‘yinga yuz foiz tayyorman», – deydi portugal.