Bugun Pro-ligada 18-tur uchrashuvlari bo’lib o’tadi. Farg’onada markaziy o’yin bor
Teglar : 18-turPro liga
Bugun Pro-liganing 18-tur doirasida uchta uchrashuv bo’lib o’tadi.
«Xorazm» klubi o’z maydonida oxirgi turlarga kelib natijalarini yaxshilab olgan «Yangier»ni qabul qiladi. Mavsumni 5-o’rinda tugatishni rejalashtirayotgan Aleksandr Ejov jamoasiga ushbu o’yinda oson bo’lmaydi. Har holda Azamat Abduraimov istefosidan so’ng «Yangier» natijalari yaxshilandi. Darvoqe, bugun «Xorazm» etakchi futbolchilaridan biri Saidjamol Davlatjonov jamoasiga yordam bera olmaydi. Avvalgi turda futbolchi qizil kartochka bilan olgandi.
Samarqandda «Dinamo» klubini qiyin o’yin kutmoqda. Bugungi raqib «Olimpik» jamoasi hisoblanadi. Temur Kapadze shogirdlari asosan yosh futbolchilardan iborat bo’lsa-da, Pro-ligada har qanday jamoaga jiddiy qarshilik ko’rsatmoqda.
«Neftchi» esa «Buxoro»ni qabul qiladi. Turning markaziy uchrashuvi deyish mumkin. Bu o’yinda Ilhom Mo’minjonov jamoasini faqat g’alaba qoniqtiradi. O’z navbatida «Buxoro»ga g’alaba juda zarur. Aks holda buxorolik muxlislar orasida Usmon Toshevga nisbatan ishonchsizlik paydo bo’la boshlaydi.
Pro liga. 18-tur 12 sentyabr, yakshanba 17:15 – XORAZM – YANGIER Hakamlar: Rahimbek Karimov, Jasur Rustamov, Amal Sultonov Nazoratchi: Isxax Ibragimov Komissar: Rustam Zuparov