Bu haqida rossiyalik tennischining o’zi malum qildi.
“Turmush o’rtog’im bilan kechki ovqatdan so’ng uyga qaytganimizda bu baxtsiz xodisa ro’y berganiga guvoh bo’ldik. O’g’rilar ikkala Olimpiada medalimni o’zlari bilan olib ketishibdi. Ular seyfni buzib, qimmatbaho buyumlarni ham o’g’rilashgan”, – deydi Vesnina.
Vesninaning aytishicha, o’g’rilar eshikni buzib uyga kirishgan. Ular kechki ovqatga ketayotganda signalizaciyani yoqishni unutishgan. Elena policiyaga xabar bergan. Hozircha tennischiga qancha moddiy zarar etkazilgani aniq emas.