A Seriya. Zlatan qaytdi, “Milan”ning zafarli yurishi davom etadi
Teglar :
Milan A Seriya“Lacio”
Mazkur sahifada Italiya chempionati 3-turining markaziy o’yini matnli translyaciya qilindi.
AC Milan Rafael Leao – 45′, Zlatan Ibrahimovic – 67′ |
Serie A . 3-tur 12/09/2021, 21:00 0 2 Tugadi |
Lazio
|
Stadion: San Siro
Bosh hakam: Daniele Chiffi
45′
90′
45′ Rafael Leao45′ Ante Rebic45′ Franck Kessie60′ Rafael Leao (Zlatan Ibrahimovic)61′ Franck Kessie (Tiemoue Bakayoko)61′ Alessandro Florenzi (Alexis Saelemaekers)63′ Tiemoue Bakayoko67′ Zlatan Ibrahimovic67′ Ante Rebic74′ Tiemoue Bakayoko (Ismael Bennacer)80′ Brahim Diaz (Fode Ballo)17′ Adam Marusic45′ Pepe Reina45′ Luis Alberto57′ Elseid Hysaj64′ Felipe Anderson (Mattia Zaccagni)64′ Adam Marusic (Manuel Lazzari)74′ Sergej Milinkovic-Savic (Toma Basic)84′ Ciro Immobile (Vedat Muriqi)84′ Pedro Rodriguez (Raul Moro)90′ Maurizio Sarri
Match-senterda ochish
Milan – Lacio 2:0
12 sentyabr, 21.00, "San-Siro"
Gollar:
1:0 – 45 Rafael Leau, 2:0 – 67 Ibragimovich.
Milan – Menyan, Kalabriya, Romanoli, Tomori, Ernandes, Florenci (Salemakers, 61), Kessie (Bakayoko, 61; Bennaser, 74), Tonali, Rebich, Rafael Leau (Ibragimovich, 60), Braim Dias (Ballo-Ture, 80).
Lacio – Reyna, Marushich (Ladzari, 64), Acherbi, Luis Felipe, Xyusay, Leyva, Luis Alberto, Milinkovich-Savich (Bashich, 74), Pedro (Moro, 84), Immobile (Muriki, 84), Felipe Anderson (Dzakkani, 64).
Ogohlantirishlar:
Marushich (17), Reyna (45), Luis Alberto (45), Xyusay (57), Bakayoko (63).
I-e! Hakam hushatgi chalinganidan keyin "rossonerilar"ga etiroz bildirgan Sarriga qizil kartochka ko’rsatildi. SHu yaxshimi endi?
90+4. Daniele Kiffi hushtagini cho’zib-cho’zib chaldi. O’yin yakunlandi. "Milan" muxlislarini ajoyib g’alaba bilan tabriklaymiz!
90+1. Darvoqe, "Milan" onlayn jadvalda "Yuventus"dan 8 ochko oldinda bo’lib turibdi. Turinni Ronaldu tark etdi, qora bulutlar esa ketishni istamayapti…
90. Uchrashuvning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo’shib berildi.
89. "Sport" telekali sharhlovchisining aytishiga ko’ra, hozir "Lacio" faollashmasa, mag’lubiyatga uchrashi mumkin ekan.
88. Teo "Lacio" jarima maydoni ichida Moroga nisbatan qo’pollik ishlatdi.
84. "Lacio"da o’zgarish. CHiro va Pedro uchun bugungi o’yin yakunlandi. Raul Moro va Vedat Muriki maydonga tushdi. Malumot uchun. Muriki FIFA-20'da ajoyib o’yinchi hisoblanadi. Qiziqqanlar uni Istanbulning "Fenerbaxche"sidan topishi mumkin.
82. Immobileni qiz o’rtog’i tashlab ketgan, shekilli. Bugun haqiqiy CHironi ko’rmayapmiz. Qandaydir hayotdan xafa inson…
80. "Milan"da o’zgarish. Pioli himoyani mustahkamlash uchun Braim Dias o’rniga Fadl Ballo-Tureni maydonga tushirdi.
79. Pedrodan "kross". Menyan yaxshi o’ynadi.
75. Rebich yana jarima maydoni ichidagi Ibragimovichni topgan edi, ammo to’p Zlatanni topmadi. Himoyachilar to’sqinlik qilib qolishdi.
74. Gol urilgan epizodga etibor qiling ↓↓↓ Zlatan butcasining iplarini echib o’ynamoqda))
70. Kecha Ronaldu "Nyukasl" darvozasini ishg’ol qilganidan keyin portugaliyalik futbolchi APLda to’p kiritgan so’nggi yillardagi eng keksa futbolchi ekani haqida xabarlar tarqaldi. "Tumanli Albion" futboli muxlislarining hurmatini saqlagan holda aytish lozimki, Ibra 20 kundan keyin 40 yoshga to’ladi. Ronaldudan 4 yoshga kattaroq! Buffon haqida gapirmay qo’ya qolaman…
67. Goooooooool! "Milan" qarshi hujumdan unumli foydalandi. CHap qanotdan oldinga o’tgan Ante Rebich uzatgan to’pni Zalatan Ibragimovich raqibning Orol dengizi kabi bo’m-bo’sh darvozasiga kirgazib qo’ydi — 2:0.
64. "Lacio"da o’zgarish. Marushich va Anderson o’yindan olindi. Laccari va Zakkani maydonga tushdi.
63. Hozirgina maydonga tushgan Bakayoko sarik kartochka ishlab oldi. U Franchesko Acherbiga nisbatan qo’pol o’ynadi.
61. "Milan"da o’zgarish. Bugun penalti ishlab, uni noaniq amalgaoshirgan Frank Kesse o’rniga Temue Bakayoko tushdi. O’yinda yagona bo’lib turgan gol muallifi esa Ibargimovichga o’rin bo’shatib berdi. Gol urmagan, penalti ham ishlamagan Florenci esa zaxira o’rindig’idagi Salemakers bilan almashdi.
57. Elseyd Xyusey tezlikda o’zib ketgan Tonalining libosidan tortib, to’xtatib qoldi. Hakam darhol vaziyatga aralashdi. "Futbolka kerakmi, ol!" degandek, sariq kartochka bilan jazoladi.
54. Ikkinchi bo’limni Rim klubi faollik bilan boshladi. Biroq, boy oilada tug’ilgan, qiyinchilik ko’rmagan Menyanni qiynab qo’yadigan zarba hamon topilmayapti.
49. SHogirdlarining o’yinidan qoniqmayotgan Maurisio Sarri stadionda chekib yubordi. SHu o’rinda saytimiz o’quvchilari va Jahongirga chekishga chekish hayot uchun xavfli ekanini eslatmoqchimiz. Yaxshimas, "Petash", g’am chekma…
46. Daniele Kiffining hushtagi chalindi. "Milan" 2-taymni boshlab berdi.
Dastlabki bo’lim uchun bravo, "Milan"! Tanaffusda Rim klubi uyg’onishini kutib qolamiz.
45+6. Eh! Frank Kesse 11 metrlik jarima zarbasidan foyda chiqara olmadi. SHu nuqtada Kiffi 1-taymni yakunlovchi hushtagini chaldi. Tanaffus!
45+5. Ha, penalti belgilandi! Hakamga etiroz bildirgan Pepe Reyna hamda Luis Alberto ogohlantirildi.
45+4. Yo’q, VAR vaziyatga aralashdi. Daniele Kiffi epizodni o’zi ko’rmoqchi.
45+3. Immobile jarima maydoni ichida Kessening oyog’iga tepdi. Ammo bosh hakam o’yinni davom ettirish kerakligini ko’rsatmoqda.
45+2. "Rossoneri" bo’lim oxirida bosimni kuchaytirdi. Pioli hisobni yiriklashtirmoqchi.
45. Birinchi bo’limga 3 daqiqa qo’shib berildi.
44. Goooooooooooooooooooooooooooooool! Uchrashuvda hisob ochildi. Rafael Leau — 1:0!
37. Goooooooooool! Futzal bo’yicha O’zbekiston terma jamoasi Gvatemala darvozasiga 3-golni urdi. Bizning o’yinda qachon gol bo’lar ekan…
29. "Real" va "Barsa"ning sobiq futbolchilari maydonda o’zaro tortishib qolishdi. Referi darhol vaziyatga aralashib, Pedro va Teoni tinchlantirdi: "Aqlli bola bo’llaring! Aks holda, qorqizning qora ro’yxatiga tushib qolasanlar. U yomon bolalarga bermaydi (sovg’a)".
25. VAR rimliklar jarima maydoni ichida ro’y bergan epizoddan keyin ehtimoliy penaltini tekshirdi va "Lacio" himoyachisi toza o’ynaganini tasdiqladi. Estradamizning yorqin yulduzi Munisa opaning ko’nglidek toza…
20. "Yaxshilarga yashash qiyin". Maydonda eng yaxshi o’ynayotganlardan biri Teo Ernandes yiqitildi. Luis Felipe uni jarohatlab qo’yishiga oz qoldi.
17. Ernandesni maydon markazida bemehrlarcha, qo’pollik bilan to’xtatib qolgan Adam Marushich ogohlantirildi.
15. Leauning jarima maydoni tashqarisidan yo’llagan zarbasiga ham 7-daqiqada Teoga etishmagan narsa kamlik qildi.
8. Jamoa sardorlari CHiro Immobile va Alessio Romanolli o’zaro to’qnashib ketishdi. Har ikki futbolchi shifokorlarning beg’araz yordamiga muhtoj.
7. O’yin to’liq "Lacio" yarim maydonida davom etyapti. Bir kam dunyon — hammaga nimadir kamlik qiladi. Masalan, ayni daqiqada Teo Ernandesning chap oyoqda yo’llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.
2. CHap qanotdan oldinga o’tgan Leau qo’pollik bilan to’xtatib qolindi… "Milan" vakillari qulay standartdan naf chiqara olishmadi.
1. Uchrashuvga start berildi. To’pni o’yinga mehmonlar kiritib berishdi.
– Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda!
Jiru bugungi o’yinni bolalikdagi kumiri bilan tomosha qiladi ↓↓↓ Malumot uchun, franciyalik futbolchi koronavirusga chalinib, bir muddat safdan chiqdi. Ayni paytda hammasi joyida, u tez orada maydonga qaytadi.
Olive: "Lacio" bugun nechta gol o’tkazadi?
CHiro: ↓↓↓
Nasihat kor qildi. Ante Ibra uslubida ↓↓↓
Zlatan uchrashuvni zaxira o’rindig’ida boshlashini bilasiz. SHveciyalik forvard bugun markaziy hujumda to’p tepadigan Ante Rebichga nasihat qilmoqda ↓↓↓
"Milan" texnik direktori Paolo Maldini hamda sport direktori Frederik Massarra "San Siro"da ↓↓↓
Italiya A Seriyasi 3-turining markaziy o’yini start olishiga yarim soatdan kamroq vaqt bor!