Angliyaning “Manchester Yunayted” klubiga yaqinda ko‘chib o‘tgan Krishtianu Ronaldu oilasi bilan hashamatli binoga tashrif buyurganidan xabaringiz bor.
Ammo, uning uyi joylashgan hududda qo‘y podalari boqilishi to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. Ronaldu kechasi qo‘ylarning ovozidan bezovta bo‘lib, yaxshi uxlay olmaganidan shikoyat qildi.
Portugaliyalik yulduz uyning xavfsizlik tizimidan xavotirda ekanini ham ma’lum qildi. Keyinchalik futbolchi oilasi bilan Cheshirdagi boshqa uyga ko‘chib o‘tdi.