Kecha ushbu juftlik o’yinlariga qura tashlash marosimi bo’lib o’tdi. Unga ko’ra, terma jamoalar o’rtasidagi qarama-qarshilikni dunyoning 10-raketkasi bo’lib turgan Kasper Ruud hamda ATP reytingida 418-pog’onadan joy olib turgan Humoyun Sultonov uchrashuvi boshlab beradi.
Ikkinchi uchrashuvda mamlakatimizning birinchi raketkasi Denis Istomin reytingning 381-pog’onasini band etgan Viktor Durasovichga qarshi kortga chiqadi. Istomin ATP reytingidan 226-pog’onada qayd etilgan.