Bugun Litvada davom etayotgan futzal bo‘yicha jahon chempionatining 3-tur bahslari bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi Misr futzalchilariga qarshi bahs olib boradi. Mazkur bahs vakillarimiz uchun juda ham muhim hisoblanadi. Sababi, terma jamoamiz joy olgan B guruhidan hali hech narsa hal bo‘lmagan. Guruxda 6 ochko jamg‘argan Rossiya futzalchilari muddatidan avval guruh masalasini hal qilgan. Misr va Gvatemala vakillarida esa 3 ochkodan mavjud. Agar, bugun Bahodir Ahmedov shogirdlari Misr ustidan har qanday hisobdagi g‘alaba va parallel bahsda Rossiya Gvatemalani mag‘lub etsa, futzalchilarimiz pley-off yo‘llanmasiga ega chiqishadi. Chunki, ayni paytda vakillarimiz to‘plar nisbatiga ko‘ra, Misrdan ham Gvatemaladan ham yaxshiroq ko‘rsatkichga ega. Guruhda ikkinchi o‘rindagi Amerika qit’asi vakillari 8ta gol urib, o‘z darvozasidan 10ta to‘p o‘tkazib yuborgan (-2). «Fravinlar yurti» vakillarida esa 6-12 (-5) Shuning uchun bugungi bahsning ahamiyati juda muhim. O‘zbekiston terma jamoasi esa 6 gol urib, 9 marta darvozasi dahlsizliginii saqlab qola olmagan (-3).