Boks/MMA

Etti yillik tanaffusdan so’ng o’tgan yakshanba kuni Robbi Louler ustidan g’alaba qozongan, yarimo’rta vazn toifasida sobiq UFC chempioni Nik Dias Xabib Nurmagomedov bilan jang qilmoqchi.

175

Bu haqda o’rta va yarimog’ir vazn toifasida chempionlik kamariga davogar CHel Sonnen aka-uka Diaz jamoasidagi manbasiga tayanib xabar berdi.

“Menga aytishicha, agar Nik Diaz Robbi Louler ustidan ustun g’alabaga erishganidan keyin, oktagonda Xabib Nurmagomedovga raqiblik qilmoqchi. Nik Xabibni yarimo’rta vazn toifasida jangga chorlaydi”, – dedi amerikalik podkastning keyingi qismida.

“Agar Nik Dias haqiqatan ham shunday qilsa, bu uning uslubi bo’lmaydi, chunki ilgari u kamdan-kam hollarda kimgadir qarshi chiqardi. U Jorj Cent-Perni jangga chorladi, lekin men uni boshqa hech kimga “vyzov” tashlaganini eslay olmayman. Aftidan, Nik nafaqat javob, balki Xabibdan ham rozilik olishiga ishonadi. O’ylaymanki, agar u Xabib chorlovni qabul qilishiga ishonmaganida bu ishni qilmasdi”,- dedi CHel Sonnen.

Fikr bildirish