Futbol

O’zbekiston futzal terma jamoasi kecha Eronga mardonavor tarzda mag’lub bo’lib Jahon chempionatidagi ishtirokini yakunladi.

119



O'zbekiston futzal terma jamoasi kecha Eronga mardonavor tarzda mag'lub bo'lib Jahon chempionatidagi ishtirokini yakunladi.

“Jahon chempionatidagi natija – shunchaki zo’r” – Dilshod Irsaliev

Teglar : 
Dilshod Irsaliev
O’zbekiston futzal terma jamoasi kecha Eronga mardonavor tarzda mag’lub bo’lib Jahon chempionatidagi ishtirokini yakunladi.

Kuchli raqib qarshisida o’zlarini yo’qotib qo’ymagan vakillarimiz ko’pchilikning etirofiga sazovor bo’ldi, deya olamiz. Mundialga yosh tarkib bilan borgan terma jamoamiz oldilaridagi vazifalarini to’liq bajarishdi. Ishonchlar oqlandi. Garchi Eronga mag’lubiyatga uchragan bo’lishsada, ular ko’rsatgan o’yin va iroda hamma kamchiliklarni yopib yubordi. Xo’sh, bugungi avlod yana nimalarga qodir? Yaqin yillarda Osiyoda forslarning gegemonligiga barham berishadimi? Biz bu borada terma jamoamizning sobiq o’yinchisi, tajribali futzalchi Dilshod Irsalievning fikrlari bilan qiziqdik. 

– Dilshod aka Eron bilan o’yinni ko’rgan bo’lsangiz futzalchilarimiz qanday taassurot qoldirdi? Umuman terma jamoamizning bugungi avlodning ilk Jahon chempionatidagi ishtiroki haqida fikrlaringizni ayta olasizmi?

– Yigitlarga qoyil qoldim. Bunday shiddatli o’yin kutmagandim. Zo’r o’ynashdi. To’g’ri Eron kuchli raqib edi. Biroq qo’rqmasdan oxirigacha kurashishdi. Umuman olganda fikrlarim ijobiy. 

– Nima, deb o’ylaysiz yaqin yillarda Eronning Osiyodagi etakchiligiga barham bera olamizmi? Esingizda bo’lsa, 2016 yil yurtimizda o’tkazilgan Osiyo chempionatida bunga juda yaqin kelgan edik…

– Xudo xohlasa Eronni yutadigan vaqt kelyapti. Ishlashda davom etish kerak. Aminmanki, bunga oz qoldi. 

– Ilk turda Gvatemala bilan o’yindan so’ng ommada tanqidiy fikrlar yuzaga kelgandi. Keyinchalik terma jamoamiz Rossiya bilan munosib kurashib, oxirgi turda Misrni mag’lub etdi. Birinchi o’yindan so’ng sizda qanday tasavvur uyg’ongandi?

– Birinchi o’yin doim qiyin bo’lgan. Mag’lub bo’lganimizga qaramasdan menda yaxshi fikrlar yuzaga kelgandi. 

– Bilasiz, futzalimizda orada malum vaqt pasayish davri yuzaga kelgandi. Futzalimiz qisman ortga qaytishni boshlagandi. SHuni hisobga olganda keyingi yillarda bunday natijalarga erishishimizni kutganmidingiz…

– Jahon chempionatidagi natija –  shunchaki zo’r. Hamma ko’rdi. Bunday yuksalishini sezgan edim. Qilingan mehnatlar o’z samarasini berdi, deb o’ylayman. Lekin bu bilan to’xtab qolish kerak emas.

 O'zbekiston futzal terma jamoasi kecha Eronga mardonavor tarzda mag'lub bo'lib Jahon chempionatidagi ishtirokini yakunladi.

– Bunday katta nufuzli turnirdan so’ng futzalchilarimizga turli xorij jamoalaridan takliflar tushishi tabiiy. Legionerga aylanishni maqsad qilgan o’yinchilarga qanday masalahat berasiz? 

– Albatta harakat qilib legionerga aylanishlari, xorij klublariga ketishlari kerak. Yanada o’sishga erishishadi. 

– O’zbekistonlik futzal to’p teparlarini legionerga aylanishining kam kuzatilishiga nima sabab bo’lishi mumkin?

– Fikrimcha, agentlar yo’qligi bilan bog’liq. 

– Klublarimizda maoshlar kamligi haqida eshitganmiz…

– Ha, maoshlar kam.

– Hozirgi tarkibni futzalimiz tarixidagi eng kuchli tarkib, desak bo’ladimi?

– Har bir davrdagi tarkib o’ziga yarasha kuchli bo’lgan, deb o’ylayman. 

O'zbekiston futzal terma jamoasi kecha Eronga mardonavor tarzda mag'lub bo'lib Jahon chempionatidagi ishtirokini yakunladi.
Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Fikr bildirish